Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti, atoqli rejissyor, Bahodir Yo‘ldoshevning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi. San’atkor 2009 yilda «Diydor» yoshlar eksperimental teatr-studiyasini tashkil etib, umrining oxiriga qadar unga rahbarlik qilib keldi. Ushbu studiya faoliyati orqali ko‘plab iqtidorli yoshlarni kashf etdi.
O‘zbekiston xalq artisti, taniqli rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev 76 yoshida vafot etdi. U nufuzli tadbirlar, shu jumladan, prezident ishtirok etgan bayram shodiyonalari, Mustaqillik kuni va Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan konsertlar, «Sharq taronalari», Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi va Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarda bosh rejissyor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting